Yuragim yonadi yorim seni sog`insam,
Dilginam kuyadi jonim seni sog`insam.
Oynadan bir zum ko`z olgin, meni ham o`yla,
Zor etmagin, kelaqolgin, jonim Jamila.

Jamila, Jamila, Jamila,
Yuzi qizil lola Jamila.
Ko`ngli shalola ey Jamila,
Jamalak sochingni soy qilib o`yna. (x2)

Tonglarim yorishmas yorim seni sog`insam,
Tunda oysizdir osmonim seni sog`insam.
Sensiz qanoti yo`q qushman, yolg`iz qoldirma,
Isming aytib ko`ngli xushman, jonim Jamila.

Jamila, Jamila, Jamila,
Yuzi qizil lola Jamila.
Ko`ngli shalola ey Jamila,
Jamalak sochingni soy qilib o`yna. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jamila
Xonanda:
Xo'ja guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 13, 2017