Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen? {x2}
Ne kun bo`lg`ay visolingga meni dilxasta yetgaymen? {x2}

Tаrаhhum yuzidin yuzingni ko`rmаkkа buyurgаysеn,
Xush ulkim, оrаzing ko`rgаymеn-u, so`zung eshitgаymеn. {x2}

Qulingdurmen, soching zanjirini bo`ynimga mahkam qil, {x2}
Ki, vodiyi firoqing ichra qo`rqarmenki, yitgaymen. {x2}

Tarahhum qilmasang yo boqmay, istig`no bila o`tsang,
Tazarru qilg`amen yo yig`lag`aymen — o`zga netgaymen?! {x2}

Muyassar bo`lmasa boshimni qo`ymoqlik oyog`iga, {x2}
Boshimni olib, ey Bobur, oyoq yetguncha ketgaymen. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jamoling
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Zahiriddin Muhammad Bobur
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2019