• Xo'ja guruhi - O'zbekistonim

    Xo'ja guruhi

    O`zbekistonim

    Quchog`ida yayrab-yashnab o`sganim,
    Mehridaryo, ey, serquyosh maskanim,
    Baxtim borki, toleyimdasan mening,
    Jannatlarga egiz bo`lgan bo`stonim,
    Rayhonbo`yli yurtim – O`zbekistonim.

    Jannatlarga egiz bo`lgan bo`stonim,
    Rayhon bo`yli yurtim – O`zbekistonim.

    Biyron-biyron zabon berding, til berding,
    Umidlarga to`la ko`ngil berding, dil berding,
    O`tmishga ham kelajakka qo`l berding,
    Ulug` yo`ldan borayotgan karvonim,
    Jambil bo`yli yurtim – O`zbekistonim.

    Ulug` yo`ldan borayotgan karvonim,
    Jambil bo`yli yurtim – O`zbekistonim.

    Boshimda baxt, humo bo`ldi istiqlol,
    Yog`du bo`ldi, ziyo bo`ldi istiqlol,
    Zarlar sochgan daryo bo`ldi istiqlol,
    Nurafshonim, zarafshonim, ummonim,
    Mehridaryo yurtim – O`zbekistonim.

    Nurafshonim, zarafshonim, ummonim,
    Mehridaryo yurtim – O`zbekistonim. (x1+x1)

    Ulug` yo`ldan borayotgan karvonim,
    Jambil bo`yli yurtim – O`zbekistonim.

    Jannatlarga egiz bo`lgan bo`stonim,
    Rayhon bo`yli yurtim – O`zbekistonim.