• Xushnud - Ha yoki yo'q

    Xushnud

    Ha yoki yo’q

    Ha, bugun bildim, hayotim ma’nosiz aslida,
    Nimalar bo`ldi bizning o`rtamizda?
    Sen ham bilolmaysan,
    Men ham bilolmayman sababin. (x2)

    Nega-nega endi kelmaysan?
    Yana-yana seni kutaman.
    Mana-mana kelib qolar deb,
    Yo`llaringga intizor bo`ldim.
    Bora-bora qolmadi ko`z yosh,
    Bera-bera olmayman bardosh,
    Kela qolgin, bag`ritosh.

    Yo`q, bundan ortiq berolmayman bardosh,
    Yo`q, sendan ortiq kim bo`ladi menga sirdosh?
    Qani aytgin buni menga. (x2)

    Nega-nega endi kelmaysan?
    Yana-yana seni kutaman.
    Mana-mana kelib qolar deb,
    Yo`llaringga intizor bo`ldim.
    Bora-bora qolmadi ko`z yosh,
    Bera-bera olmayman bardosh,
    Kela qolgin, bag`ritosh.

    Qayerdasan, kim bilan? Nimalar qilasan?
    Bilmayman men buni, qiynamagin meni.
    Jonginam bo`ldi bas, o`zgasi kerakmas,
    Kelaqol, jonim, kelaqol.

    Balki sen qilarsan sevgingga xiyonat,
    Balki sen qilarsan aksincha sadoqat.
    Bilmayman, buni bilmayman.