• Xushnud - Mo'jizaviy qizaloq

    Xushnud

    Mo’jizaviy qizaloq

    Men tomonga kelar edi bir go`zal qiz,
    Men ham borar edim u tomonga yolg`iz,
    Ko`zimga qarab, telbalar aylab,
    Jilmaydi-ku shafqatsiz.

    U nigohning sehridan yuragim urmas,
    Hayot to`xtab qolib, soatlar ham yurmas.
    Bu go`zal qizcha buncha pokiza,
    Mo`jiza!

    Istasang bu falakdan
    Oyni olib beray demayman,
    Yulduzlardan bo`yningga
    Marjon taqib qo`yay demayman.
    Faqat, jonim, senga ayta olaman:
    Seni baxtli qilaman!

    Seni baxtli qilaman…

    Onajonim eslatar nurli ko`zlari,
    Menga nasib etarmu shirin so`zlari?
    Ortidan qadam tashlasam shahdam,
    Tinch qo`yarmu ham alam?

    Qo`llarimdan ushlamay meni yetaklar,
    Balki uning manzili baxtli ertaklar.
    Bu go`zal qizcha buncha pokiza,
    Mo`jiza!

    Istasang bu falakdan
    Oyni olib beray demayman,
    Yulduzlardan bo`yningga
    Marjon taqib qo`yay demayman.
    Faqat, jonim, senga ayta olaman:
    Seni baxtli qilaman! (x2)