Iqbol Muhammad - Muhammad (S.A.V) qo'shiq matni, lyrics

Iqbol Muhammad

Muhammad (S.A.V)

Alloh, Alloh, La ilaha Illalloh… {x2}

Sarvari koinotdir,
Moʻminlarga qanotdir,
Soʻzlari ham sabotdir, u kim?
Rahm qilgan qotilga ham,
Qasd qilmay johilga ham,
Qoʻl uzatgan gʻofilga ham, u kim?

Bel bogʻlab ibodatga,
Erishgan saodatga,
Chorlaydi hidoyatga, u Rasulullohdir!

Muhammad, Muhammad,
Muhammadur Rasululloh. (x4)

Xasta qalbga tabibdir,
Yaratganga habibdir.
Sakkiz jannat nasibdir, u kim?
Gunohlardan forigʻ boʻlgan,
Yuzlari yorugʻ boʻlgan,
Ummatim, deb qaygʻurgan kim?

Yaqin doʻsti Jabroyil,
Yer-samo qolar qoyil.
Izn soʻragan Azroyil, u kim?

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh…

Xulqi goʻzal, tengsizdir,
Mehri daryo dengizdir,
Maxsharda ummatim, der kim?
U Rasulullohdir!

Muhammad, Muhammad,
Muhammadur Rasululloh. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhammad (S.A.V)
Xonanda:
Iqbol Muhammad
Muallif:
Abdussami Abduvohid
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
January 15, 2021