Xushnud - Sevgi va nafrat

Xushnud

Sevgi va nafrat

Biri sevgi, biri nafrat,
Ikkisi ham ayni dard.
Kim zulm qilsa agar,
Qaytar o`ziga albat.

Esingda bo`lsa agar,
Bor edi bir sevgimiz.
U sevgini yashaganmiz
Faqatgina ikkimiz.

Ayni samo, ayni yer
Guvoh bo`ladi bunga.
Afsus bo`lsin, deyman
O`sha sen ketgan kunga.

Tanishgan edik bizlar
Fasllardan edi bahor.
Sevishing aytar eding
Menga har kuni takror.

Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko`nikaman, shunda bo`lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh.

So`zlarimda yo`q yolg`on,
Aytganlarim edi rost.
Yuragimda ikki tuyg`u:
Bir sevgi, biri nafrat.
Nafratim sabablari –
Bergansan menga ko`p dard.

Bora-bora uzoqlashdik, har turli bahonalar,
Va’dalar ko`p berilgan, yana yangi yolg`onlar.
Ozroq haqiqatga qayt, bejiz emas isyonlar,
Faqat bir rostini ayt, ayni sabab xatolar.

Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko`nikaman, shunda bo`lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh.

Xursand qilardim seni
Qo`limdan kelganicha.
Seni jondan sevardim,
Qolgan umrim boricha.

Nega olding sen qasos?
Ketishinga yo`q asos!
So`zlarimda yo`q yolg`on,
Aytganlarim edi rost.

Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko`nikaman, shunda bo`lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi va nafrat
Xonanda:
Xushnud
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 30, 2016