Yoqutjon_Rajabov-Yurib_boryapman

Yoqutjon Rajabov

Yurib boryapman

Sabr sahrosida sabrdir ko`nglim,
Orzular ko`milgan qabrdir ko`nglim,
Jabrdiyda o`zim, jabrdir ko`nglim. {x2}

G`amxonada qolsam, kulganlar ko`ring,
Do`stman, deb ko`ksiga urganlar ko`ring,
Holimdan hol so`rab kelganlar ko`ring. {x2}

Boshimni tik tutib yurib boryapman,
Kundan kun dunyoni sevib boryapman. (x2)

Meni bu dunyodan sovutay demang,
Shu bilan o`zingiz ovutay demang,
Hali biroz erta, unutay demang. {x2}

Boshimni tik tutib yurib boryapman,
Kundan kun dunyoni sevib boryapman. (x2)

Osmonman, yulduzlar qulab ketgani yo`q,
Yoqutman, yuragim zanglab ketgani yo`q
Majnunman, Layli ham tashlab ketgani yo`q. {x2}

Boshimni tik tutib yurib boryapman,
Kundan kun dunyoni sevib boryapman. (x2)

Boshimdan bossa ham tegirmon toshi,
Tegirmonni yurgizar ko`zimning yoshi,
Butunlay botgani yo`q omad quyoshi,
Boshimni tik tutib yurib boryapman,
Kundan kun dunyoni sevib boryapman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurib boryapman
Xonanda:
Yoqutjon Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2016