Yulduz Turdiyeva – Ishqingda yor

Yulduz Turdieva

Ishqingda yor

Ishqingda, yor, ular mendek kuymaslar,
Ular dard bilmaslar-ey, dunyo bilmaslar.
Magar ishq ilmini ming yil tizsalar-ey,
Mendek yonolmaslar-ey, mendek kuymaslar.

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman. (x2)

Zog`lar ketmas yorim, bo`stoningdan hech,
Bulutlar tarqamas-ey, osmoningdan hech,
Bir qiyo boqmading ayvoningdan hech,
Bo`y taratar qaddi-rayhoningdan hech.

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman.

G`animlar, xonimlar quvon, xo`sh naylay,
Yorim yomonlarga inon, xo`sh naylay?
Deymishlarki, Majnun sumon, xo`sh naylay,
Yaxshilar, bu qandoq zamon, xo`sh naylay?

Yulduzlar so`ndi deb kelsa, inonma,
Paymonang to`ldi deb kelsa, inonma.
Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan men-ku, men, menman.

Sadoyi o`ldi deb kelsa, inonma,
Agar sevganing rost bo`lsa, inonma! (x2)

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman. (x2)

Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishqingda yor
Xonanda:
Yulduz Turdieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 3, 2017