Yulduz Usmonova – Birga kuylang

Yulduz Usmonova

Birga kuylang

Azizlarim, asli siz yulduzlarsiz,
Million-million yuzlarsiz,
Men kimman sizlarsiz?
Ey do`stlarim, sog`insam toqatimsiz,
Kuylasam rohatimsiz
O`z muhabbatimsiz.

Kelinglar, kuylab bir shodlashaylik,
Unutib dard-u alamni.
Yil o`tib, shunday diydorlashaylik,
Baxt quchsin har biringizni.

Navolardan yayrasin dil-dilingiz,
Shod bo`lsin har kuningiz,
Sizga Yulduzingiz.
Xayrlashmay o`ynaymiz, kulishamiz,
Orzuga erishamiz,
Yana ko`rishamiz.

Kelinglar, kuylab bir shodlashaylik,
Unutib dard-u alamni.
Yil o`tib, shunday diydorlashaylik,
Baxt quchsin har biringizni. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Birga kuylang
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2017