• Yulduz Usmonova - Kerakmidi

    Yulduz Usmonova

    Kerakmidi

    Ko`rdim necha yorlarni,
    Ham oshig`-u zorlarni,
    Yolg`on-u oshkorlarni –
    Menga shu kerakmidi?

    Kunday yoring bo`ladi,
    Zumda joning oladi,
    Goh shaytoning bo`ladi –
    Menga shu kerakmidi?

    O`xshatsam men arslonga –
    Aslida erkakmidi?
    Ko`z tikar ko`k polvonga –
    Menga shu kerakmidi?

    Daba-daba-dabdaba bilan
    Sevdim men, sevdim men.
    Daba-daba-dabdaba bilan
    Eshik ochdim unga men.

    Daba-daba-dabdaba bilan
    Sevdim men, sevdim men.
    Daba-daba-dabdaba bilan
    Javob berdim unga men.

    Gul deb o`pishdan tinmas,
    Oh, bergan so`zida turmas,
    Quldek qadrimga yetmas –
    Menga shu kerakmidi?

    Yolvoradi Xudoga,
    U mendagi obro`ga,
    O`xshab ketar gadoga –
    Menga shu kerakmidi?

    O`xshatsam men arslonga –
    Aslida erkakmidi?
    Ko`z tikar ko`k polvonga –
    Menga shu kerakmidi?

    Daba-daba-dabdaba bilan
    Sevdim men, sevdim men.
    Daba-daba-dabdaba bilan
    Eshik ochdim unga men.
    Daba-daba-dabdaba bilan
    Sevdim men, sevdim men.
    Daba-daba-dabdaba bilan
    Javob berdim unga men. (x1+x2)