Yig`layotgan bulbul,
So`layotgan gul,
Bu mening sevgimdir –
Yayramagan qul. (x2)

Bo`stonimda kuldir,
Bahorimda kul,
Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil. (x2)

Yorimdan ayirdi
Yor-yor navosi,
Ko`z oldimdan ketmas
Ko`zi qarosi. (x2)

Chorasiz dardlarning
Shudir jazosi,
Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil. (x2)

Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil.

Bizni kutmayabdi
Visol bog`lari,
Ustimizdan kular
Hijron zog`lari. (x2)

Ketsin bu yurakning
Sariq dog`lari,
Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil. (x2)

Yonimga kelinglar
Yordan judolar,
Avrasin satodan
Kelgan sadolar. (x2)

Bizdan yuz o`girib
Ketdi vafolar,
Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil. (x2)

Kel, endi bir to`yib
Yig`laymiz ko`ngil. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ngil
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 27, 2018