Munisa Rizayeva - O'zingni aya qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

O’zingni aya

Jon dema, jon deb ko`zlarimga qara,
Bezor qilma, diling bo`lmasin yara.
Harakating bekor, o`zingni aya,
Tushun, axir ko`nglimda yo`qdir sira.

Ishonmayman aslo,
O`ylab ko`rgin ozroq,
Axir bu men, ko`zlaringni ochgin
Anglab ol tezroq.

O`zingni yerga urma, urma, urma,
Yo`llarimda turma, turma, turma.
Mavzuni yana burma, burma, burma,
Undan ko`ra o`zingni aya, o`zingni aya. (x2)

Tuzmagin yana reja, emasman senga o`lja,
Oshiqlarim bir necha mani, ancha-muncha,
Sani qiymating hech qancha!

Navbatingdagi emasman, yo`q,
Sen kabilar juda ko`p, ko`p, ko`p.
Baribir demasman xo`p, xo`p, xo`p,
Bo`ldi endi, stop!

O`zingni yerga urma, urma, urma,
Yo`llarimda turma, turma, turma.
Mavzuni yana burma, burma, burma,
Undan ko`ra o`zingni aya, o`zingni aya. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zingni aya
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 23, 2018