Ona yer, tuproq qolib,
Osmon bilan ovoramiz. (x2)
Jon berib, joning olar
Janon bilan ovoramiz.

Ko`zlaingga jovdirab,
Sarson visol, sargashta ishq.
Yosh to`kib, yirtib yoqa,
Hijron bilan ovoramiz.

Tegramizda hur malaklar,
Biri singil, biri yor. (x2)
Iymon qolib, insof qolib,
Shayton bilan ovoramiz. (x2)

Otamiz mezbon edi,
Oh, onamiz mezbon erur.
Zor etib har ikkisin,
Mehmon bilan ovoramiz.

Chin haqiqat yo`li boshqa,
Chin vafolik o`zgadir.
Haq qolib, Haqqon qolib,
Yolg`on bilan ovoramiz.

Bizni Haq hur ayladi,
Nur ayladi, ozod etib.
Chor tarafga qulf urib,
Qo`rg`on bilan ovoramiz.

Chor tarafga qulf urib,
Qo`rg`on bilan ovoramiz.

Ona yer, tuproq qolib,
Osmon bilan ovoramiz.
Jon berib, joning olar
Janon bilan ovoramiz. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ovoramiz
Xonanda:
Ilhom Ibrohimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 6, 2018