Oyga ergashsang-u yerni ko`rmasang,
Manglaydan oqguvchi terni ko`rmasang,
Eldan olib tursang, elga bermasang,
Yurtning bolasiman, deganing bekor.

Otang obro`siga qaddingni kerib,
Yursang har yulduzni benarvon urib,
Nogoh qoqilsang-u ketmasang turib,
Mardning bolasiman, deganing bekor.

Bekor, bekor, bilaman bekor,
Yolg`iz maydonda olishganing bekor.
Bekor, bekor, hammasi bekor,
Tug`ilmagan haqiqatni izlamoq bekor. (x2)

Bir chimdim alamga qaddingni buksang,
Nomard poyin o`pib, unga tiz cho`ksang,
Qizg`aldoq misoli bargingni to`ksang,
Tog`ning lolasiman, deganing bekor.

Bolang bo`zlab tursa, ko`zga ilmasang,
Onang motamida yig`lay bilmasang,
Daryolar to`lsa-yu sen bir to`lmasang,
Qalbning nolasiman, deganing bekor.

Bekor, bekor, bilaman bekor,
Yolg`iz maydonda olishganing bekor.
Bekor, bekor, hammasi bekor,
Tug`ilmagan haqiqatni izlamoq bekor. (x2+x4)

Yolg`iz maydonda olishganing bekor… {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bekor
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2018