Komiljon Otaniyozov - Ishqing yo'liga qo'shiq matni, lyrics

Komiljon Otaniyozov

Ishqing yo’liga

Man bugun ketarman ishqning yo`lina, {x2}
Guloy yuzli mohim, jonim, xo`sh endi.
Boshimni qo`ymisham mehnat toshina,
Shirin so`zli zulfi torim, xo`sh endi. {x2}

Qaro ko`zli, qalam qoshli nigorim,
Bahorim, bo`stonim, guli-gulzorim.
Sansizlim hech yerda bo`lmas qarorim,
Ohu ko`zli navbahorim, xo`sh endi. {x2}

Shamsu-qamar yuzli, qoshi hilolim,
Man sango oshiqman, o`zingga ma’lum.
Majnunman ishqingda, Layli misolim,
Qizil gulim, olma-anorim, xo`sh endi. {x2}

Oshiqmanam, ishqim ela oshkora,
Ishq tig`idan yurak-bag`rim yuz pora.
Ayriliq dardidan bo`ldim bechora,
Eshit maning ohu-zorim, xo`sh endi.

Tohir deyar: mudom yig`lab o`tarman,
Zuhraning hajrinda qonlar yutarman.
Ruhsat bersang, so`ngra qaytar ketarman,
Husni ganj-u zulfi torim, xo`sh endi.

Gula yuzli, navjuvonim, xo`sh endi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishqing yo’liga
Xonanda:
Komiljon Otaniyozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 20, 2019