Sardor Rahimxon - Habibim sog'inchi qo'shiq matni, lyrics

Sardor Rahimxon

Habibim sog’inchi

Har bir dard-u g`amlarga tabib,
Bir inson bor bo`lmaydi topib,
Bugun unga muhtojmiz bizlar,
U Muhammad, Allohga Habib.

Holimizni ko`rsalar edi,
Oramizda yursalar edi,
Chora topilar har dardga shaksiz,
Rasululloh bo`lsalar edi. (x2)

Sunnatlarin bajarib, suyib,
Yuzlariga yuzimiz qo`yib,
Quchoqlasak qaniydi to`yib,
Rasululloh bo`lsalar edi. (x2)

Har bir dard-u g`amlarga tabib,
Bir inson bor bo`lmaydi topib,
Bugun unga muhtojmiz bizlar,
U Muhammad, Allohga Habib.

Yetim haqqin yemasdi boylar,
Qurmas edi tillo saroylar,
Bo`lmas edi ishratgoh joylar,
Rasululloh bo`lsalar edi. (x2)

Har bir dard-u g`amlarga tabib,
Bir inson bor bo`lmaydi topib,
Bugun unga muhtojmiz bizlar,
U Muhammad, Allohga Habib.

Yo Habibim, Yo Muhammad,
Yo Rasulim, Yo Muhammad,
Sizga bo`lsin ummatingizdan
Dur-u salovat, Muhammad. (x4)

Dur-u salovat, muhabbat,
Dur-u salovat…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Habibim sog’inchi
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Avaz Akbar
Bastakor:
Xalq kuyi
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 18, 2021