Xayol meni yoshlik tomon yetaklar,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.
Poymol bo`ldi o`shal orzu-tilaklar,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Deyman: qaydin sizga ko`ngil qo`ydim-ey,
Necha yillar o`rtab, o`tsiz kuydim-ey.
Hajringizda jonimdan ham to`ydim-ey,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Hajringizda jonimdan ham to`ydim-ey,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Qo`msab sizni oydin tunni kutarman,
Kelmas bo`lib o`tgan kunni kutarman.
Men kiymagan kuyov to`nni kutarman,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Yopishsa ishq Majnun aylar har kimni,
Bir odamga aytolmadim dardimni.
Sahrolardan izlang o`lsam gardimni,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Sahrolardan izlang o`lsam gardimni,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam.

Xayol meni yoshlik tomon yetaklar,
Sizni jondan sevar edim, Gulsanam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulsanam
Xonanda:
Asliddin Do'stov
Muallif:
Orif Odilxonov
Bastakor:
Asliddin Do'stov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 2, 2021