• Yulduz Usmonova - Men seni qizg`onaman

    Yulduz Usmonova

    Men seni qizg’onaman

    Yaxshimsan, yaqinimsan,
    Gulxanim, chaqinimsan.
    Rashkimsan, taxminimsan,
    Men seni qizg`onaman.

    Ko`kimdagi mohimsan,
    Bag`rimdagi ohimsan,
    Eng shirin niyatimsan,
    Men seni qizg`onaman.

    Ko`kimdagi mohimsan,
    Bag`rimdagi ohimsan,
    O`ylagan niyatimsan,
    Men seni qizg`onaman.

    Man, man, man qizg`onaman,
    Sani man hammadan.
    Man, man, man qizg`onaman,
    Hammadan.

    Man, man, man qizg`onaman,
    Azizim, hammadan.
    Man, man, man qizg`onaman,
    Sani man.

    Oqarib ketdi sochim,
    Nima ko`rdi yosh boshim?
    Sog`inganim, sirdoshim,
    Men seni qizg`onaman.

    Sevgimda savdo bo`lding,
    O`t bo`lding, olov bo`lding.
    Boshimga balo bo`lding,
    Men seni qizg`onaman. (x2)

    Man, man, man qizg`onaman,
    Sani man, azizim.
    Man, man, man qizg`onaman,
    Hammadan. (x2)

    Man, man, man qizg`onaman,
    Azizim, hammadan.
    Man, man, man qizg`onaman,
    Sani man. (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.