• Ziyoda - Kim bilar

    Ziyoda

    Kim bilar

    Anhorning bo’yida o’tirar qizlar,
    Yurakda qaynaydi noaniq hislar,
    Bultana suv oqar lim-lim, limmo lim,
    Suvday olib ketar qizlar xayolin.

    O’n yettinchi marta, o’n yettinchi bor
    Shundoq kirib kelar qalblarga bahor.
    Bu gal qanday bo’lur bahor tuhfasi,
    Nelar bilan to’lur xotir sahifasi?

    Kim bilar, kim javob bera olur, kim?
    Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.
    Kim bilar, kim bilar, kim? (x2)

    Kelarmikan o’sha o’tlug’ muhabbat,
    Zor, intiq aylagan qutlug’ muhabbat?
    Rango rang tuyg’ular aylarmi in’om,
    Orzular qatini ocharmu tamom?

    Yiroq-yiroqlarga qochadi shamol,
    Bir nima deyolmay dunyo boqar lol.
    Faqat bultana suv oqar limmo lim,
    Faqat chuvaladi qizlar xayoli.

    Kim bilar, kim javob bera olur, kim?
    Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.
    Kim bilar, kim bilar, kim? (x2)