Ziyoda - Sen baxtim qo'shiq matni, lyrics

Ziyoda

Sen baxtim

(Seni uchratgan taqdir
Yo`llarimizni etmasin ayro.
Vafo, mehr bo`lsa bizga hamroh,
Baxtimizdan bo`lmaymiz judo.

Ber qo`llaringni, ko`ksimga qo`y,
Undagi har bir zarbni his et.
Tasavvur ham qilolmaysan,
Senga bo`lgan hislarim bir dunyo.)

Ko`zlar ilk bor duch kelganda,
Qalbing izhorin ochganda,
Tez uradi bu yuragim,
Nigohing nurlar sochganda.

Qo`llarim so`rading behos,
Yuragimdan keldi ovoz.
Senga berdim butun mehrim,
Uni avayla, iltimos.

Sen baxtim, sen baxtim,
Ishonganim, suyanganim.
Sen baxtim, sen baxtim,
Bog`landi senga qalbim. (x2)

(Men seni shunday baland sevamanki,
Qanotlar ham bu cho`qqiga eltolmaydi,
Osmonlar ham teng kelolmaydi.
Ishonmasang, ko`zlarimga boq,
So`z bilan buni ta’riflab bo`lmaydi.

Yuragimni senga berdim,
O`zimdanda ko`proq ishonib.
Bor dardingni menga ber,
Sen shod bo`lsang, men ham bo`larman baxtiyor.
Sevgim uchun so`ramayman dunyolarni,
Qalbimga bermasang bo`ldi ozor.)

Taqdir uchratmadi bekor,
Demakki, bunda bir gap bor.
Kirib kelding hayotimga,
Qalbimda abadiy bahor.

Ko`zlaringda bordir vafo,
Sevgimga aylama jafo.
Tog`dan baland tuyg`ularim
Faqat senga ko`rdim ravo.

Sen baxtim, sen baxtim,
Ishonganim, suyanganim.
Sen baxtim, sen baxtim,
Bog`landi senga qalbim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen baxtim
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 5, 2018