Men bir qo`shiq yozaman kelganda bahor,
Bir qo`shiq yozaman to`lganda anhor,
Qo`shig`im taftidan erib ketadi
O`sha hissiz yotgan qirlardagi qor.
Ha, qo`shiq yozaman, faqat bir qo`shiq,
Qo`shiqqa yozaman dardimni qo`shib.
Eshitgan har inson erib ketadi,
Tosh yurak ham kuylaydi jo`shib.
So`ngra qo`shiq yozgan o`sha qog`ozdan
Bir kun katta qayiq yasayman, dunyoda ustun.
Qarshimda g`ov bo`lgan katta muzlikni
Oddiy qog`oz qayig`im qo`ymaydi butun.
Qo`shiqqa solaman qalam qoshlarni,
Qo`shiqqa solaman daryodagi xarsang toshlarni,
Hayot tegirmonida ming bor urilib,
Yana tikka turgan mag`rur boshlarni.
Ha, o`sha siz kutgan qo`shiq bo`ladi,
Faqat ezgulikning ko`ngli to`ladi.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 29, 2016