Habiba Ohunova - Farzandim alla qo'shiq matni, lyrics

Habiba Oxunova

Farzandim alla

Bolamsan-u bolamsan,
Bolamsan, alla.
Mening uchun sen bir jahon,
Olamsan, alla.

Mening uchun sen bir jahon,
Olamsan, alla.

Sen tug`ilding – bag`rim to`ldi,
Jonginam, alla.
Go`yo olam menga bo`ldi
Jonginam, alla.

Intizorlik bilan yetdim
Senga men, alla.
Dil-u jonim fido etdim
Senga men, alla.

Umr bo`yi bo`lgin mening
Hamrohim, alla.
Nasib qilgin, chiqmasin sira
Ohim, alla.

Nasib qilgin, chiqmasin sira
Ohim, alla,
Jonginam, alla.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farzandim alla
Xonanda:
Habiba Oxunova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2018