Abror Azizov - Do'st

Abror Azizov

Do’st

Qo`lingdan ketsa davlat,
Do`stlar ham ketar ekan. (x2)
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan. (x2)

Boylikmi inson qadri?
Yo`qolgan vijdon qadri.
Tegsa yo`qchilik zarbi,
Boshing ham qotar ekan. (x2)

Tegsa yo`qchilik zarbi,
Boshing ham qotar ekan.

Qo`lingdan ketsa davlat,
Do`stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan.

Bir paytlar yo`ling qarar,
Sen uchun sochin tarar, (x2)
Yoring ham bu muqarrar
Mehrin berkitar ekan. (x2)

Qo`lingdan ketsa davlat,
Do`stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan.

Puling bo`lsa agar kam,
Noshud dilni ezar g`am,
Hatto jigarlaring ham
Tanimay o`tar ekan.

Ojiz qolsang holing tang,
Qalbing kemirsa attang,
Faqat bir ota-onang
Kelishing kutar ekan.

Faqat bir ota-onang
Kelishing kutar ekan.

Goho chin do`stman degan
Dushmandan battar ekan,
Do`stlar topma, chin do`st top,
Bitta do`st yetar ekan.

Do`stlar topma, chin do`st top,
Bitta do`st yetar ekan.

Noshukurlik qilmayin,
Shukur, uy-joyim tayin,
Boy emasman netayin,
Yuz-ko`zim sotar ekan.

Qo`lingdan ketsa davlat,
Do`stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan. (x2)

Oqibat bitar ekan…
Qo`lingdan ketsa davlat…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st
Xonanda:
Abror Azizov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016