Mashhurbek Yo'ldoshev - O'zbekiston qo'shiq matni, lyrics

Mashhurbek Raimjonov

O’zbekiston

Bugun senga boqib, ko`z to`ymaydi hech,
Bog`-u rog`laringni bo`ylar bo`lsam men.
So`zlar ado bo`lmas, soz tinmaydi hech,
Yurtim, sening madhing kuylar bo`lsam men.

Sening quchog`ingda ungan rayhonning
Xushbo`y iforlari taralar har yon.
Bag`ringda tug`ilgan qiz-u o`g`lonning
Iste’dodin ko`rib, lol qoldi jahon.

O`zbekiston –
Sohibqiron izi qolgan ko`hna Turon.
O`zbekiston –
Tiniq osmon, jannatmakon, go`zal bo`ston.

Kundan-kun ko`rk ochib, chiroyga to`lgan
Va gulga burkangan ko`rkam chamanim.
Buyuk siymolarning beshigi bo`lgan,
Daholari kabi buyuk Vatanim!

Ona yurtim mening, ota makonim,
Dovrug`i tillarda doston bo`lgin sen.
Seni kuylamoqdan tinmas zabonim,
To dunyo turguncha omon bo`lgin sen.

O`zbekiston –
Sohibqiron izi qolgan ko`hna Turon.
O`zbekiston –
Tiniq osmon, jannatmakon, go`zal bo`ston. (x2)

O`zbekiston…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Mashhurbek Raimjonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2018