Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, qayt, keragi yo`q.
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, qayt!
[B-hud]
O`rgimchak to`ri – bu degani qora dori,
Zo`r ekan uning xumori, ko`rinmaydi ona zori.
Bari yigitlarning zo`ri qora dori xaridori,
Kechagina mard bola bugun shunchaki bezori.
[Radius 21]
“Man, man”, degan edi “zo`rman”,
“Bugun endi kimman?” degan savol ko`ndalang.
Ahvolini qarang: ko`zidagi nur qani?
To`kilib boradi bola, yonidagi pul qani?
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, qayt, keragi yo`q. (x2)
[B-hud]
Oq-qora rang hayotni qarang,
Arang nafas oladi, unga kim havas qiladi?
Hamma umid so`ndi, so`ndi oxirgi tilak,
Xiyla kuchsiz bilak, chirigan yurak,
Chalajon bechora!
Nafrat yog`iladi birma-bir,
Unutilib ketadi kechagi kun, bosadi qora tun.
Azobi cheksiz, tengsiz g`aflatda,
Noraso albatta.
Keragi yo`q!
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, qayt, keragi yo`q.
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, ketmagin past.
[Radius 21]
O`rgimchak to`ri – bu degani qora dori,
Zo`r ekan uning xumori, ko`rinmaydi ona zori.
Bari yigitlarning zo`ri qora dori xaridori,
Hayotining boru-yo`g`i kayf-safo.
O`zicha bilmay ilinadi,
Tanasi ila barisi balo mubtalo, adoyi tamom.
Qorayib ketadi olam, bema’no, behayo,
Batamom bo`ladi tamom bora-bora bu bola,
Arosat orasida noraso.
Bu baxt emas, bu-bu qora hayot,
Bu baxt emas, qayt, keragi yo`q. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 4, 2016