Yondirib-yondirib yo`llarimda
Kuydirganim kammi? (kuydirganing kammi?)
Qoldirib-qoldirib firoqlarda,
Toldirganim kammi? (toldirganing kammi?)
Hey, yondirib-yondirib yo`llarimda
Kuydirganim kammi?
Qoldirib-qoldirib firoqlarda,
Toldirganim kammi? (toldirganing kammi?)
Kulib qo`ysam asta,
Oshiq ko`ngillar xasta.
Jilmayib qo`ysam asta,
Oshiq ko`ngillar xasta.
Bog`da gullar havasda-yey,
Ishqimdan sarmast-da. (x2)
Yondirib-yondirib yo`llarimda
Kuydirganim kammi? (kuydirganing kammi?)
Qoldirib-qoldirib firoqlarda,
Toldirganim kammi? (toldirganing kammi?)
Shaydoyingman deysan-u, hech
Dardimni bilmaysan.
Nozlar qilsam boshqaga-yey,
Mani rashk qilmaysan.
Shaydoyingman deysan-u, hecham
Dardimni bilmaysan.
Nozlar qilsam begonaga-yey,
Mani rashk qilmaysan.
Yonamanmi, kuyamanmi,
Qadrimga yetmaysan.
Qovoqlarim uyamanmi,
Yo`limdan ketmaysan-ey.
Hey, so`ramay qo`lim tutganmi-yey,
Oyim xushlamas. (oying xushlamas)
Asl yigit sevdirmay turib
Qiz qo`lin ushlamas! (qo`lin ushlamas)
Hey, yondirib-yondirib yo`llarimda
Kuydirganim kammi?
Qoldirib-qoldirib firoqlarda,
Toldirganim kammi? (toldirganing kammi?)
Yondirib-yondirib yo`llarimda
Kuydirganim kammi? (kuydirganing kammi?)
Qoldirib-qoldirib firoqlarda,
Toldirganim kammi? (toldirganing kammi?)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 16, 2017