Qalbing talpinganda men tomon hamon
Kayfiyating yomon. (x4)
Sen ham meni eslab yig`laganmusan,
Yonimda bo`lib qolishni xohlaganmusan?
Bilib-bilmay ismim tilga olib har zamon,
Aytgin jonim, qalbing talpinganmi men tomon?
(Sevaman hali hamon… o-o-o… {x2})
Xayr, yoningdagi frayr
Ila endi birga bo`lasan,
Hayot ko`rasan, ona bo`lasan.
Xayr, ikkimizni ayirgan
Taqdirga tan berib qolaman,
Nima qila olaman?
Xayr, ko`chalarni sayr qildim
To`ying kuni tonggacha, g`alati kecha.
Ketma-ket ulanib ketdi may-sharob,
Sarob, qandaydir g`alatiroq oq-qora rangda
Ko`rinadi yorug` olam.
Ko`zlarimda nam, qiynaydi alam,
Mening jonginam, seni sog`inaman.
Xayr, xayolingdan ayr,
Endi meni qaytib izlama,
Holim so`rama, boshqa eslama.
Xayr, yuragimni mayib qilib ketding sen bu kecha,
Sen mendan kechib, birma-bir ochiladi sir.
Qiynaydi armon, hamon batamom
Seni sevaman, hammasi tamom.
Qalbing talpinganda men tomon hamon
Kayfiyating yomon. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 12, 2017