Jondan o`tar ohim bor,
Yuragimni ezdi-ya,
O`jar bo`ldi bizning yor.
(Endi xasta-yu xasta)

Tunlarim aylab bedor,
Nega unday qildi-ya?
Aytgin, ne gunohim bor?
(Dardim dasta-yu dasta)

Mani-mani Majnun aylab,
Yuragimga o`zini joylab,
Ne bo`lar yor etsa saylab?
(Yor etsa saylab)

Kechalari uni o`ylab,
Sog`inchim oyga so`ylab,
Necha kun, necha oylab…

Hay yor-a, ayyora bo`lma,
Yuragimni ikkiga bo`lma,
Holima jafolar qilma.
(Jafolar qilma, ozor berma) (x2)

Ko`zlarida sehri bor,
Mani maftun etdi-ya,
Teng kelmas hech bir dildor.
(U bitta-yu bitta)

Istagim faqat diydor,
Sog`inchlarim ezdi-ya,
Arzimni etma inkor.
(Dardim dasta-yu dasta)

Mani-mani Majnun aylab,
Yuragimga o`zini joylab,
Ne bo`lar yor etsa saylab?
(Yor etsa saylab)

Kechalari uni o`ylab,
Sog`inchim oyga so`ylab,
Necha kun, necha oylab…

Hay yor-a, ayyora bo`lma,
Yuragimni ikkiga bo`lma,
Holima jafolar qilma.
(Jafolar qilma, ozor berma) (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hay yora
Xonanda:
Farruh Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017