Ko`zlarim boqa olmaydi nega ko`zingga?
Tuyg`ularim yetib bormas qalbingga,
Qalbim ishonmas sening so`zingga.
Sahrolarda dardim olib ketadi shamollar,
Qalbim tinchlantiradi sadolar,
Yuragim qiynaydi-ku savollar.
Eslamay turolmayman bugun,
Eslamay uxlolmayman bu tun,
Yuragimdan jonim, seni sevaman,
Sog`inaman seni. (x2)
Bevafoyim deb bo`lmaydiku seni,
Beozorim deb bo`lmaydiku seni,
Beqarorim, ne deb atay seni men, bilmayman.
Sahrolarda dardim olib ketadi shamollar,
Qalbim tinchlantiradi sadolar,
Yuragim qiynaydi-ku savollar.
Eslamay turolmayman bugun,
Eslamay uxlolmayman bu tun,
Yuragimdan jonim, seni sevaman,
Sog`inaman seni. (x2+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 8, 2017