Maysaga “ezmayman”, deb aytdim,
Daraxtga “kesmayman”, deb aytdim.
Tuprog`imga “sen deb o`lsam,
Og`riqni sezmayman”, deb aytdim.
Qushlarga “otmayman”, deb aytdim,
Yeringga “sotmayman”, deb aytdim.
“Haqni desam, o`tda kuymayman,
Suvlarga botmayman”, deb aytdim, aytdim.
Tog` ustiga chiqdim maston,
Ko`z o`ngimda O`zbekiston.
Yig`layverdim, yig`layverdim,
Dedim: “Iloho, bo`lgin omon”.
Qo`shig`imning tarzi sen dedim,
Yuragimning mag`zi sen dedim.
Otamdan meros qolgansan,
Bolamga qarzim sen dedim.
Bolamga qarzim sen dedim…
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 12, 2017