Uchrashganda qora ko`zlar
Tillar emas, dillar so`zlar.
Nur to`la nigohlari
Ko`ngillarga yo`llar izlar.

Gohida g`amgin boqib,
Gohida baxtdan so`zlar.
Asli yuraklar oynasi
Bu ko`zlar, go`zal ko`zlar.

Ko`zlar, ko`zlar, ko`zlar,
Yolg`on bilmas ko`zlar.
Ko`ngil toza bo`lsa,
Go`zal bo`lar ko`zlar. (x2)

Tuyg`ular izhoriga topolmay so`z,
Dillar bo`zlar.
Ikki qalb orasida misli ko`prik
Ko`zlar, ko`zlar.

Gohida g`amgin boqib,
Gohida baxtdan so`zlar.
Asli yuraklar oynasi
Bu ko`zlar, go`zal ko`zlar.

Ko`zlar, ko`zlar, ko`zlar,
Yolg`on bilmas ko`zlar.
Ko`ngil toza bo`lsa,
Go`zal bo`lar ko`zlar. (x2+x4)

Ko`zlar…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlar
Xonanda:
Nasiba Abdullaeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018