Kuyunchagim, kuyunma,
Kuyib ketganlar kammi?
Diydorga to`ymay, jondan-ey
To`yib ketganlar kammi? (x2)

Yurak-bag`ri ezilib,
Kiprikka yosh tizilib, (x2)
Yor ismini o`g`liga
Qo`yib ketganlar kammi? (x2)

Kuyunchagim, kuyunma,
Kuyib ketganlar kammi?

Kimgadir juftihalol
Vale tole’yi uvol. (x2)
Gul umrini kelida-yey
Tuyib ketganlar kammi? (x2)

Kuyunchagim, kuyunma,
Kuyib, ketganlar kammi?
Diydorga to`ymay, jondan-ey
To`yib ketganlar kammi?

Ko`nglimni buzma, gulim,
Bag`rimni ezma, gulim. (x2)
To`ydan keyin erini
Suyib ketganlar kammi? (x2)

Kimgadir juftihalol
Vale tole’yi uvol. (x2)
Gul umrini kelida-yey
Tuyib ketganlar kammi? (x2)

Kuyunchagim, kuyunma,
Kuyib, ketganlar kammi?
Diydorga to`ymay, jondan-ey
To`yib ketganlar kammi?

Yor ismini o`g`liga-yey
Qo`yib ketganlar kammi?
Oh, yonib ketganlar kammi,
Oh, kuyib keganlar kammi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kammi
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 13, 2017