Ummon guruhi va Sogdiana - Aytgin qo'shiq matni, lyrics

Ummon

Aytgin

[Sogdiana]
Ishonardim so`zlaringga,
Muhabbating, sof sevgingga,
Lekin adashdim,
Ishonib men adashdim.

Bugun sen oppoq quvonchda,
Men esa qora armonda
Qoldim bir o`zim,
Yana qoldim bir o`zim.

O`zimdan begonaman,
Qayga boray sensiz man?
Yuragimda bu alam,
Men seni yo`qotaman.

Qayda qoldi orzular?
So`ndi so`nmas tuyg`ular.
Bugun sensiz yolg`izman,
Men seni sog`inganman.

Ko`zimda yosh qolmadi,
Bilsang, bardosh qolmadi.
Hayotim esa bemazmun,
Go`yo hayot to`xtadi.

Endi kimga talpinay?
Kimdan sevilib yashay?
Axir sevganim bugun
Ketdi menga begona.

Aytgin qayda qoldi biz qilgan ul orzular?
Sensiz esa vujudim titrab, yuragim yig`lar,
Bu yuragim har bir jazoga rozi seni deb.
Lek o`zing jazolading shu yuragim, ne uchun?
Axir bu yurak urar edi faqat sen uchun,
Sening esa yuraging urardi o`zga uchun.

Nahot unutib bo`lding meni?
Nahot keragim yo`q edi?
Sen uchun jonim berardim,
Agar yonimda bo`lsang edi.

Seni sog`inganimda mayli kelmading,
Qo`ng`iroq qilganimda javob bermading,
Lek ko`zlarimga qarab, sevaman deding,
Nega aldading, nega aldading?

Nega senga ishondim,
Aqlimga hech ham sig`mas.
O`zimni yana alam,
Sevgimiz olmas nafas.

Qayda qoldi orzular?
So`ndi so`nmas tuyg`ular.
Bugun sensiz yolg`izman,
Men seni sog`inganman.

[Ummon guruhi]
Sog`inch qiynaydi qalbing,
Yuragingni bu darding,
Nega taqdir ayirding
Ikkimizni?

Va’dalar ortda qolar,
Sevgi bir kun kelib so`nar.
Seni yolg`izlik qiynar,
Kechirgin…

[Sogdiana]
Yuragim o`rtar faqat bitta dard…
Bitta dard…

Aytgin qayda qoldi biz qilgan ul orzular?
Sensiz esa vujudim titrab, yuragim yig`lar,
Bu yuragim har bir jazoga rozi seni deb.
Lek o`zing jazolading shu yuragim, ne uchun?
Axir bu yurak urar edi faqat sen uchun,
Sening esa yuraging urardi o`zga uchun.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytgin
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 13, 2017