Bir bolakay kirdi masjidga,
O`zi edi juda ham xomush.
Masjid ahli undan so`rdilar:
“Bolajonim, kelding ne yumush?”
Shunda bola chuqur xo`rsindi,
Ko`zlariga biroz olib yosh.
Va bolakay javoban dedi:
“Ollohimdan bor edi so`rash.”
Ayting bobo, ayting amaki,
Xudo meni eshitadimi?
Bu yerda kim aylasa tilak,
Shu tilakka yetishadimi?
Dedilar: “ayt ne tilaging bor?”
Hayron bo`lib so`z qotdi ular.
Chin ko`ngildan, sof niyat ila
So`rasang gar, beradi Xudo.
Soraganing beradi Xudo.
Go`dak shunda qarab Qiblaga,
Ko`z yoshlarin to`kdi yashirmay.
Jajji qo`lin ochib duoga,
Bir narsalar der edi tinmay,
Bir nimalar der edi tinmay.
Shunda ular unga so`z qotdi,
Duoyingni eshitsin hamma.
Sen uchun ham duo qilaylik,
O`tinchingni eshitsa zora.
Ovozini baralla ochib,
Dedi: “Xudo, ey Xudojonim,
Duoyimni qabul qil, Egam,
Qaytar mening sen onajonim.”
Onamsiz men qanday yashayman?
Yonimda zor yig`laydi ukam.
Aytgin, Xudo nima qilay man?
Nahotki bu dunyo bir kam?
Murg`ak go`dak zor qaqshab yig`lar,
Duosini davom qilib der:
“Xudojonim, jonginam Xudo,
Hech bo`lmasa, otam qaytib ber,
Otam qaytib ber…”
Masjidga bir tushdi sovuqlik,
Hech kim bir so`z-kalom deyolmas.
Odamlarning vujudi titrar,
Nechun bilmam “omin” deyolmas.
Bir on jimib so`ngra yana u,
Bilmam der ular qaytmaydi.
Duolarim qabul qil, Egam,
Joylarini jannat et mayli.
Lekin erta yana qaytaman,
Javobingni aytasan menga.
Jannatingdan joy bersang agar,
O`yinchog`im beraman senga.
Qo`llarini tortib ominga,
Ko`z yoshlarin artganday bo`ldi.
Qo`llarini qo`yib ko`ksiga,
“Amakijon, duoyim bo`ldi.”
Ayting, Xudo meni ko`rdimi?
Tilagimni eshitgandir-a?
Ertaga ham kelsam maylimi?
Mendan jahli chiqmagandir-a?
Bolajonim, Udir rahmdil,
Duoyingni albat eshitdi.
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi.
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 25, 2017