Shoxrux - Notanish qotil qo'shiq matni, lyrics

Shoxrux

Notanish qotil

Hayotning sovg`alari ko`p,
Rejalaringni buzilishi aniq, de xo`p.
Peshonangda borini ko`raring tajribada,
Oldini, keragini ilgari ko`rgan oliyjanoblardan so`ra, a.

Xavfli vaziyati – kutilmagan burilish,
Biri past, biri do`st, biri munofiq, qotili notanish.
Odamlarning orasida tilingni tiy, aha,
Aqldan ozib xatoni qilar boshqa-yu, sen esa to`g`irla.
So`nggi so`mingni sarflagin-da, hayratda yasha,
O`ylan, o`yla, sarala.

To`la joyingni to`ldir, amalini qil hozir,
Vaqt o`tib kech bo`lganida alam qilar oxir.
O`zingga ayt – erkak yig`lamaydi zinhor,
So`zi achchiq, bilagida quvvat, gavdasida madori bor.
Nima bo`lsa bo`lsin, lekin g`urur bo`lmasin bekor,
Dushmanni tinch qo`yma, ammo berma ozor.

Bo`lmasa bo`lmasin-o, undan nariga bo`lmasa-yo,
Bo`lari bo`lsin, boraman notanish qotil ketidan.
Bo`lmasa bo`lmasin-o, undan nariga bo`lmasa-yo,
Izma-iz boraman notanish qotil ketidan. (x2)

Nima, nechida, qaysi kun, orada nima o`tar, kim bilar?
Mana manku kafilman deb kim aytar?
Faqat sevganingni ko`z yoshi har balo, ahmoqlikdan to`xtatar,
Ichingda qahr tug`ulari bosilar.

Qo`lingni siltab ketaman desang agar,
Parallel olamdagi Bermud qaroriga ko`ra
Qora kuchlar yo`l qo`ymas.
Majbur qilar, ur-ur, nima keragi bor xato, xatar?

Tinchlan ko`ngil, qasd olish vaqti yaqin, uzoq emas,
Bosilib o`tilar hali o`sha tepa-past, olmoqdaman chuqur nafas.
Talabim – adolati haqiqat, boshqa sabab emas.

O`zingga ayt – erkak yig`lamaydi zinhor,
So`zi achchiq, bilagida quvvat, gavdasida madori bor.
Nima bo`lsa bo`lsin, lekin g`urur bo`lmasin bekor,
Dushmanni tinch qo`yma, ammo berma ozor.

Bo`lmasa bo`lmasin-o, undan nariga bo`lmasa-yo,
Bo`lari bo`lsin, boraman notanish qotil ketidan.
Bo`lmasa bo`lmasin-o, undan nariga bo`lmasa-yo,
Izma-iz boraman notanish qotil ketidan. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Notanish qotil
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2017