Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
O`sha asl, yigitlarning zo`ri.
Qani chetga chiqlaring tulkilar,
Biznikidir davralarning to`ri.

Qani chetga chiqlaring tulkilar,
Biznikidir davralarning to`ri.

Xudo bergan rizqimiz teramiz,
Goh olamiz, gohida beramiz,
Peshonada borini ko`ramiz,
Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
Biznikidir davralarning to`ri.

Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
O`sha asl, yigitlarning zo`ri.

Tegmaganga hech qachon tegmaymiz,
Nomardlarga boshimiz egmaymiz,
Tishlagan joyimizni bermaymiz,
Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
Biznikidir o`ljalarning zo`ri.

Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
Biznikidir o`ljalarning zo`ri.

Oldi-qochdi gap bo`lmaydi, yo`q,
G`urur, or, nomus o`lmaydi, yo`q.
Gapirgan gaplar – otilgan o`q,
Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
O`sha ayyor tulkilarning sho`ri.

Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
O`sha makkor tulkilarning sho`ri.

Mana bizmiz, bizmiz o`sha bo`ri,
O`sha asl, yigitlarning zo`ri.
Qani chetga chiqlaring tulkilar,
Biznikidir davralarning to`ri.

Qani chetga chiqlaring tulkilar,
Biznikidir davralarning to`ri.
Biznikidir o`ljalarning zo`ri,
O`sha asl, yigitlarning zo`ri.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bo’ri
Xonanda:
O'ktam Kamolov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 2, 2018