Shohruhxon - Yigit yig'lamaydi qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Yigit yig’lamaydi

Bo`lar-bo`lmas nari haddan o`tari yo`q,
Bekinmas kimdan omad gullagan zamoni.
Yurakka sanchiladi dard-u hamda qora o`q,
Sinaladi yigit, heyya-hey.

Ko`zingni yum, o`zingdan o`zga chora yo`q,
Agarda do`stona tosh otsa sen tomona.
Navbatda qoldi endi qo`yilmagani tuzoq,
Sinmaydi zo`r yigit, heyya-hey.

Stap-stap, kimda ne talab,
Hammaning taqdir yo`li bo`lak.
Stap-stap, bo`lsang beadab,
O`zing javob berishing bor demak.

Stap-stap, kimda ne talab,
Hammaning taqdir yo`li bo`lak.
Stap-stap, ammo keragida
Men hammaga, hamma menga ko`mak.

Bu dunyoning bori shu,
Xohlasang, xohlamasang ham. (a-a-a, yey, yey)
Bu dunyoning bori shu,
Rizo bo`lmoqdan o`zga biron afzal chora yo`q,
Erkak degani yig`lamaydi hech.

Bugunda ham, ertaga kunda ham beg`am,
Yashar niyat bor, ne hol bo`lsa ham agarda.
Bironi arzimaydi jonimni beray desam,
Mardonadir yigit.

Yiqildim ko`p, lat yemay bosmadim qadam,
Kechirganim holvalar, avji bora-bora.
Yordam qo`limni cho`zdim ko`rdim xokisor odam,
Kamtarindir yigit. (hey-ya, hey-ya)

Stap-stap, kimda ne talab,
Hammaning taqdir yo`li bo`lak.
Stap-stap, bo`lsang beadab,
O`zing javob berishing bor demak.

Stap-stap, kimda ne talab,
Hammaning taqdir yo`li bo`lak.
Stap-stap, ammo keragida
Men hammaga, hamma menga ko`mak.

Bu dunyoning bori shu,
Xohlasang, xohlamasang ham. (a-a-a, yey, yey)
Bu dunyoning bori shu,
Rizo bo`lmoqdan o`zga biron afzal chora yo`q,
Erkak degani yig`lamaydi hech. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yigit yig’lamaydi
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 23, 2018