Jo'rabek Qodirov - Uchrashaylik qo'shiq matni, lyrics

Jo'rabek Qodirov

Uchrashaylik

Sog`inaman bir kunda, yor,
Yuragim mehrga chanqoq.
Qancha ko`rsam, shunchalar kam,
Uchrashaylik bu kecha ham. (x2)

Uchrashaylik, uchrashaylik,
Ishqqa tashna qalblarimiz.
Uchrashaylik, uchrashaylik,
Titrab ketsin lablarimiz.

Sezsin dimog`im taftingni,
Sochim silasin kaftingni.
Kelmay ko`zimni qilmagin nam,
Uchrashaylik bu kecha ham. (x2)

Uchrashaylik, uchrashaylik,
Ishqqa tashna qalblarimiz.
Uchrashaylik, uchrashaylik,
Titrab ketsin lablarimiz.

O`sha-o`sha eski joyida,
Chinor tagi, yoni, soyida,
Bizga guvoh faqat oyda,
Uchrashaylik bu kecha ham. (x2)

Uchrashaylik, uchrashaylik,
Ishqqa tashna qalblarimiz.
Uchrashaylik, uchrashaylik,
Titrab ketsin lablarimiz. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun BeKhzoD (@gtatarin)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uchrashaylik
Xonanda:
Jo'rabek Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 27, 2019