Qoshlaring qaro bo`libdi,
O`zingga xo`b oro bo`libdi.
Pardoz-andozing bugun
Judayam bir a’lo bo`libdi.
Sochlaring uzun dormi?
Yuzda yangi yoqqan qormi?
Lablaring qizildan qizil,
Ichida gilosi bormi?
Yarashibdi yangi ro`moling,
Yarashibdi yuzdagi xoling,
Yana ortibdi chiroying, o-o-o. (x2)
O`zgaribdi ko`zlar ranggi,
Qo`shimcha kipriklar janggi.
Tushimmi yo o`ngimmi bu?
Bir ko`rishda qoldim gangib.
Yaltiraydi ko`zlar – munchoq,
Yarashibdi yangi taqinchoq.
Ko`ylaklar buncha uzun?
Yorimmi bu yoki qo`g`irchoq?
Yarashibdi yangi ro`moling,
Yarashibdi yuzdagi xoling,
Yana ortibdi chiroying, o-o-o. (x2)
Sochlaring uzun dormi?
Yuzda yangi yoqqan qormi?
Lablaring qizildan qizil,
Ichida gilosi bormi?
Yarashibdi yangi ro`moling,
Yarashibdi yuzdagi xoling,
Yana ortibdi chiroying, o-o-o. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 5, 2019