Alisher Zokirov - Parcha-parcha qo'shiq matni, lyrics

Alisher Zokirov

Parcha-parcha

Bilmadim, ne gunohimga berilgan bu jazolar,
Xasratim dilim tubida yashar, bitmas azoblar.
Tunlarim kunduzlarimga qadar bedorman,
O`ylayverib yolg`onlaringni bugun bezorman.

Yolg`ondan to`kasan yosh, bilib turib berdim bardosh,
Buncha niqoblaring ko`p, bunchalar ham bag`ring tosh?
Azoblayvermagin, bo`ldi, tomib sabr kosam to`ldi,
Chin mehrni kutgandim, umidim uzildi, so`ndi.

Yurak tilka parcha, parcha, parcha,
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha.
Sabr ila kutdim vafoni ancha,
Arzimaydi desalar-da sani barcha. (x2)

Bilaman, tilingdagi dilingga mos emas,
O`z ko`zlarim bilan ko`rdim, isboting shart emas.
Men xato qilibman sirlarimni ishonib,
Sendek xatoyim ham endi hech kimga sir emas.

Yolg`ondan to`kasan yosh, bilib turib berdim bardosh,
Buncha niqoblaring ko`p, bunchalar ham bag`ring tosh?
Azoblayvermagin, bo`ldi, tomib sabr kosam to`ldi,
Chin mehrni kutgandim, umidim uzildi, so`ndi.

Yurak tilka parcha, parcha, parcha,
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha.
Sabr ila kutdim vafoni ancha,
Arzimaydi desalar-da sani barcha. (x2)

Aldanib qalbim kuydi, yolg`onlaringdan to`ydi,
Aslo ishonmay qo`ydi yaxshilar boriga.
Borligingda aldanib, yo`qligingda qiynalib,
Yashashdan ketdim to`yib, bo`ldi bas, qiynama.

Yurak tilka parcha, parcha, parcha,
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha.
Sabr ila kutdim vafoni ancha,
Arzimaydi desalar-da sani barcha. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parcha-parcha
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 4, 2019