Sensiz tunlar bedor,
Seni sevgan yuragim ham bemor.
Yuragimga bunchalar berma ozor,
Hech bo`lmasa, tushlarimda kel bir bor.
Tunlar sog`inib seni,
Sevgimizni esga olib har kuni,
Azoblardan charchadim o`ylab seni,
Kelmaysanmi bir bor sog`inib meni?
Sog`inganim sezmaysan,
Shuncha kutdim kelmaysan.
Sensizlikda qiynalib,
Azob chekdim bilmaysan.
Sendan qolgan xasta yurak
Adoi tamom bo`lgan.
Allaqachon ayrilganmiz,
Yo`llarimiz bo`lingan. (x2)
O`tiribman bir chekkada seni unutolmasdan,
Termulgancha suratingga sendan voz kecholmasdan.
Necha bora urinib, lek qo`ng`iroq qilolmayman,
Ko`zlaringni ko`rgim kelar, ammo ko`ra olmayman.
Sog`inganim sezmaysan,
Shuncha kutdim kelmaysan.
Sensizlikda qiynalib,
Azob chekdim bilmaysan.
Sendan qolgan xasta yurak
Adoi tamom bo`lgan.
Allaqachon ayrilganmiz,
Yo`llarimiz bo`lingan. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Otash_Singer (Official)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 23, 2020