Sanda jafo ko’p bo’ldi,
Manda vafo mo’l bo’ldi.
Yog’ib-yog’ib jabring-a,
Yomg’ir bo’ldi, do’l bo’ldi. (x2)
Yig’latding-a, yig’ladim,
Yoqalarim xo’l bo’ldi.
Ko’z yoshlarim yig’ilib,
Daryo bo’ldi, ko’l bo’ldi. (x2)
Sanda jafo ko’p bo’ldi,
Manda vafo mo’l bo’ldi.
Yog’ib-yog’ib jabring-a,
Yomg’ir bo’ldi, do’l bo’ldi. (x2)
Nozik ekan ko’nglingiz,
Kulcha bo’ldi, gul bo’ldi.
Hajringizda yonibon,
Yurakkinam kul bo’ldi. (x2)
Ko’nglingizga ko’nglim-a
Asir bo’ldi, qul bo’ldi.
Zoya ketdi kuyganim,
Barchasi bir pul bo’ldi. (x2)
Sanda jafo ko’p bo’ldi,
Manda vafo mo’l bo’ldi.
Yog’ib-yog’ib jabring-a,
Yomg’ir bo’ldi, do’l bo’ldi. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 5, 2021