Sahrolarda ungan gulsiz oʻzingiz,
Armon boʻldi bizga shirin soʻzingiz.
Biz uchun koʻz yosh toʻkkan qaro koʻzingiz,
Nomingizdan dillar topar halovat,
Tillarimiz aytar sizga salovat. (x2)
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad. {x3}
Ya Nabiyalloh!
Parvardigor siz uchun dunyo yaratdi,
Dunyolarni sizga mushtoq qaratdi.
Soʻzlaringiz Buxoriylar taratdi,
Nomingizdan dillar topar halovat,
Tillarimiz aytar sizga salovat. (x2)
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad. {x3}
Jannatda siz birla birga boʻlsaydik,
Davrangizda birga suhbat qursaydik.
Kavsar suvin qoʻlingizdan ichsaydik,
Nomingizdan dillar topar halovat,
Tillarimiz aytar sizga salovat. (x2)
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad. {x3}
Ya Habiballoh!
Siyratingiz juda yaxshi bilsak ham,
Oʻzimizdan ortiq yaxshi koʻrsak ham,
Bizga baxtdur sizni tushda koʻrsak ham,
Tatma’imnul qulubu di fikri,
Va yashtabul ilisanu bizikri. (x2)
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad. {x6}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Bilol
- Sana:
- April 14, 2021