Nafasi bahorim, ne bo’ldi?
Tuyg’ularing avvalgidaymas.
Xushvaqt eding, yorim ne bo’ldi?
Kulgularing avvalgidaymas. (x2)
Istagingiz sezaman degan,
Ko’nglingizni kezaman degan,
Har so’zingda sevaman degan
Urg’ularing avvalgidaymas.
Tuyg’ularing avvalgidaymas,
Kulgularing avvalgidaymas,
Har so’zingda sevaman degano
Urg’ularing avvalgidaymas.
Oy bizlarga boqib o’tardi,
Nur chehrang dilimga botardi,
Bedor qancha tonging otardi,
Uyqularing avvalgidaymas.
Bo’g’zim qiynar alamli tutun,
Qani baxtdan yashnagan husn?
Qayg’urarding baxtimiz uchun,
Oh, qayg’ularing avvalgidaymas.
Tuyg’ularing avvalgidaymas,
Kulgularing avvalgidaymas,
Har so’zingda sevaman degan
Urg’ularing avvalgidaymas. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 28, 2014