Muhabbat Shamayeva - Tanho sanagil yoring qo'shiq matni, lyrics

Muhabbat Shamayeva

Tanho sanagil yoring

Tanho sanagil yoring
Dildor orasinda,
Sen u bilan sayr etgil
Gulzor orasinda. (x2)

Har qancha vafo qilsang,
O`rgilur u sendan.
Behuda koyib yurma,
Ag`yor orasinda.

Tanho sanagil yoring
Dildor orasinda,
Sen u bilan sayr etgil
Gulzor orasinda. (x2)

O`z ishqingni o`rinsiz
Ko`z-ko`z eta ko`rma,
Kezmasa sira hijron
Chin yor orasinda. (x2)

Sen fasling visol chog`i
Mehring gulidan soch.
Kulgay erkalanib ul
Xumor orasinda.

Tanho sanagil yoring
Dildor orasinda,
Sen u bilan sayr etgil
Gulzor orasinda. (x2)

Sevging uyi ko`ngildir,
Ahdingla chaman et.
Mo`min yashar do`st-u,
Ag`yor orasinda. (x2)

Har qancha vafo qilsang,
O`rgilur u sendan.
Behuda koyib yurma
Ag`yor orasinda.

Tanho sanagil yoring
Dildor orasinda,
Sen u bilan sayr etgil
Gulzor orasinda. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanho sanagil yoring
Xonanda:
Muhabbat Shamayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 27, 2018