Yulduz Usmonova - Sog'indingmi qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Sog’indingmi

Bolalikning ko`chalari ko`zdan o`tar,
Umr – karvon, to`xtamaydi, mangu ketar. (x2)
Yuragimga tug`day zangor sog`inch botar,
Bolaligim, sen ham meni sog`indingmi?

Maysaginam yalang oyoq chopar edim,
Ko`k dalada ko`kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo`ylaridan quchar edim,
Yalpizginam, sen ham meni so`gindingmi?

Sog`indingmi, sog`indingmi,
Bolaligim, sen ham meni sog`indingmi?
Sog`indingmi, sog`indingmi,
Ayt sho`xligim, sen ham meni sog`indingmi?

Endi o`sha osmon to`la ko`zlar qani?
Qo`l ushlashib, yugurishgan qizlar qani? (x2)
Qirda qolgan yalang oyoq izlar qani?
Dugonajon, sen ham meni sog`indingmi?

Sog`indingmi, sog`indingmi,
Bolaligim, sen ham meni sog`indingmi?
Sog`indingmi, sog`indingmi,
Ay sho`xligim, sen ham meni sog`indingmi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indingmi
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2018