Jasur G'oipov - Ne bo'ldi

Jasur G'oipov

Ne bo’ldi

Hammasi unutilib ketar,
Faqatgina sevgimiz qolar,
Balki yillar bizni qaytarar.
Endi yo’limiz boshqa deya,
Endi u begona deya,
Qanday ayta olding hammaga?

Ne bo’ldi o’zi senga?
Nega aytolmaysan yuzimga?
Ne darding bo’lsa ayt o’zimga,
Ayt yuzimga.

Ne bo’ldi o’zi senga?
Sen men uchun ham javob berma.
Ne darding bo’lsa ayt yuzimga,
Ayt o’zimga.

Sen orzu qilgan, sen istagan,
Sen o’zing ham ishontirgan,
O’sha sevgi bor edi bizda.
Seni sevishimni bilganlar
Sendan meni so’rasalar,
Ne desang ham, lekin aldama.

Ne bo’ldi o’zi senga?
Nega aytolmaysan yuzimga?
Ne darding bo’lsa ayt o’zimga,
Ayt yuzimga.

Ne bo’ldi o’zi senga?
Sen men uchun ham javob berma.
Ne darding bo’lsa ayt yuzimga,
Ayt o’zimga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ne bo’ldi
Xonanda:
Jasur G'oipov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015