Aylanadi…
O’rtamizda shaharlar
Bizlarni ayirar,
Lek baribir his etar
Sevilgan yuraklar.
Ko’rmoqlikni istayman,
Lekin ilojim yo’q.
Havotir hech olmayman,
Sevasan, ko’nglim to’q.
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Menga hamroh osmonlar,
Sog’inchim senga yo’llar.
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Sen haqingdagi o’ylar
Vasling tomon chorlar.
Kimlar bilan, qaylarda
Yurasan, bilmayman.
Goho bularni o’ylab,
O’zimga sig’mayman.
Bilarmisan naqadar
Seni sog’inganim?
Lek senga bildirmayman
Qanchalar kutganim.
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Menga hamroh osmonlar,
Sog’inchim senga yo’llar.
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Sen haqingdagi o’ylar
Vasling tomon chorlar. (x1+x1)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 23, 2015