Yuragimga qaramang –
Ichi to’la yoshlar,
O’rayverib bo`g`ib qo`ydi
Uzun qora sochlari
Jonimning, yorimning.
Baland-baland poshnalari bilan
Kech kela boshladi uyga,
O`zgarib, olib jonimni.
Aytgin, qanday senga ishonay?
Yurak to`ldi dardga vay, jonim.
Uzun tunlar, uzun-uzun,
Alam-alam tildi mani, jonim, jonim.
Hamma dardlarimga malham bo`ladiganini topiy,
Savolga savol bilan javob bermaydiganini topiy.
Topiy, sanga o`xshamasin umuman,
Topiy, sevsin mani boqiy. (x2)
Ko’zlarimga qaramang –
Ichi to`la dardlar,
O`z boshimni ushladim
Qilgan qilmishidan,
Mani yorimni, jonimni.
Ne bo’ldi, deb so’ramang,
Aytishga til ojiz.
Alamlarim qo`zg`aydi
Qilgan qiliqlari mani yorimni.
Aytgin, qanday senga ishonay?
Yurak to`ldi dardga vay, jonim.
Uzun tunlar, uzun-uzun,
Alam-alam tildi mani, jonim, jonim.
Hamma dardlarimga malham bo`ladiganini topiy,
Savolga savol bilan javob bermaydiganini topiy.
Topiy, sanga o`xshamasin umuman,
Topiy, sevsin mani boqiy. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 11, 2015